Bugun, 17-may kuni Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik kuzatiladi. Viloyatlarning ayrim joylarida kuchli yomgir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuchli shamol sababli chang-toʻzon koʻtarilishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja iliq boʻladi, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».
Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi, havo biroz bulutli boʻladi. Kunduzi havo harorati 28-30 daraja iliq, kechasi esa 14-16 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Kuchli shamol boʻlishi ehtimoli bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 15-20 iliq va kechasi 8-13 daraja iliq boʻladi.