Birinchi iyundan Kia Sonet avtomobili narxlari oshiriladi
2024-yilning 1-iyun sanasidan boshlab Kia Sonet krossoveri uchun narxlar oʻzgaradi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2024-yil 1-iyundan boshlab Kia Sonet uchun yangi narxlar belgilanadi. Unga koʻra, avtomobilning Classic va Prestige pozitsiyasi 10 mln so‘mdan oshiriladi.
Yangi narxlar quyidagicha:
Classic — 199 900 000 soʻm;
Luxe — 222 900 000 soʻm (oʻzgarishsiz);
Prestige — 249 900 000 soʻm.
Shu bilan birga, Kia Sonetning uchun joriy maxsus narxlar modelni oldindan buyurtma qilish davrida cheklangan miqdorda amal qiladi. Ilk Kia Sonet avtomobillari esa 1-iyun kuni o‘z egalariga topshiriladi.
Bunda 2024-yilning 1-iyuniga qadar tuzilgan va shartnoma shartlariga muvofiq toʻlov amalga oshirilgan barcha shartnomalardagi narxlar oʻzgarishsiz qoladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda yigʻilgan KIA Sonet avtomobili narxlarini ma’lum qilgan edi.