Yangi Chevrolet Tracker chegirma bilan sotila boshlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kompaniya avtomobilning uchta modeli uchun narxlarni pasaytirdi
Foto: UzAvto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi ayrim komplektatsiyadagi Chevrolet Tracker avtomobillariga 25 milliongacha chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, aksiya 17-may sanasidan boshlab, avtomobilning quyidagi uchta modeliga amal qiladi:

Chevrolet Tracker LS – 206 422 880 (chegirma 15 mln.);

Chevrolet Tracker LTZ – 219 813 280 (chegirma 20 mln.);

Chevrolet Tracker Premier – 237 659 040 (chegirma 25 mln.)

Shuningdek, Chevroletʼning bahorgi aksiyasi uchun chegirmalari ham davom etmoqda:

Chevrolet Onix — chegirma 15 million soʻm;

Chevrolet Captiva — chegirma 15 million soʻm;

Chevrolet Equinox — chegirma 25 million soʻm;

Chevrolet Traverse — chegirma 48 million soʻm;

Chevrolet Tahoe — chegirma 70 million soʻm.

Avvalroq «Kursiv» Kia kompaniyasi K5 modeli narxini 11 foizga arzonlashtirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek