16-may kuni, davlat rahbari Kinochilar saroyiga tashrifi chogʻida futbol boʻyicha Olimpiya terma jamoasining Osiyo Kubogidagi final natijasiga oʻz izohini berdi.
«Penaltini urmaganidan keyin uch kun uxlamay chiqdim, uni oʻrniga oʻzim boʻlsam deyman. Nimaga bittagina toʻp. Endi biz ham darrovgina chempion boʻlamiz diymizda. Birinchi marta milliy jamoamiz Olimpiya oʻyinlariga yoʻl oldi, bu ham katta yutugʻimiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston Yaponiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Umarali Rahmonaliyev o‘yinning so‘nggi daqiqalarida penaltidan gol urolmagan edi.