Oʻzbekistonda chang-to‘zoni yuzaga kelishi kutilmoqda
eʼlon qilindi
Shamol kuchayishi mumkin
17-may, juma kuni O‘zbekistonda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin («Bofort» shkalasi bo‘yicha «juda kuchli»), ayrim hududlarda chang-to‘zoni yuzaga kelishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Sinoptiklarning xabar berishicha, Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublikada oʻrtacha kunlik havo harorati +25…+30° boʻladi.
Toshkentda sinoptiklar +28…+30° bo‘lishi ta’kidladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, sel ko‘chishi xavfi mavjud. Havo +15…+20° gacha isiydi.
Avvalroq «Kursiv» 17-may kuni Toshkentdagi havo sifati haqida yozgan edi.