Telegram messenjeri foydalanuvchilari yangi xavfli virus oqibatlariga duch kelishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston IIV kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Firibgarlarning maqsadi akkauntingizni boshqarish orqali kontaktlaringizga turli xil koʻrinishlarda zararli havolalar tarqatish va egallab olishdir.
Firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
Ikki bosqichli autentifikatsiyani oʻrnatish;
Sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmaslik;
Messenjerning «qurilmalar» boʻlimidagi «Faol seanslarni» tekshirish boshqa qurilmalar faoliyatini toʻxtatish.
Shuningdek, veb platforma orqali sahifaning (havolani) haqiqiy yoki soxta (feyk) ekanligini aniqlab olish mumkin.