Bugungi kunda fuqarolarga qulaylik yaratish Pensiya jamgʻarmasining @pensiyauzbot Telegram boti orqali pensiya miqdorini bilish imkoniyati yaratilgan, deya xabar bermoqda tashkilot axborot xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, dastlab Telegram messenjerida @pensiyauzbot botiga kiriladi va «Pensiya summasi» tugmasi bosiladi.
Ikkinchi bosqichda qaysi yil va oyning pensiya miqdorini bilish tugmalari pensioner tomonidan tanlanadi.
Shundan soʻng, bot avtomatik ravishda pensionerning pensiya miqdori toʻgʻrisidagi ma’lumotni taqdim etadi.
Eslatma: bot xizmatidan foydalanish uchun pensionerning mobil telefon raqami SMS-Pensiya xizmatiga ulangan boʻlishi kerak.
Telefon raqami ushbu xizmatga ulanmagan pensioner fuqarolar ushbu havola orqali raqamlarini SMS-Pensiya xizmatiga ulashlari mumkin.
Avvalroq «Kursiv» pensiyani oshirishda nimalar hisobga olinishini haqida xabar bergan edi.