18-may kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

eʼlon qilindi
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 18-may kuni respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuchli shamol sababli chang-toʻzon koʻtarilishi mumkin. Boshqa viloyatlarda ham kuchli shamol bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 22-27 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kuchli shamol bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 22-24 iliq va kechasi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda jala quyadi va momaqaldiroq boʻladi. Kuchli shamol boʻlishi ehtimoli bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 13-18 iliq va kechasi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Shuningdek