O‘zbekistonda dollar kursi bir hafta ichida pasaydi
O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) ma’lumotlariga ko‘ra, milliy valyuta AQSh dollariga nisbatan hafta davomida biroz mustahkamlandi.
17-mayga kelib AQSh valyutasi 12700 so‘mdan pastga tushdi.
O‘tgan haftada birja savdolarida Amerika valyutasi 12 718,08 so‘m bilan yakunlandi. 17-may holatiga ko‘ra, bir dollar 12 694,87 so‘mga teng edi (o‘rtacha kurs).
O‘zbekiston banklari ham dollarni arzonroq narxda sotish va sotib olishni boshladi. 18-may holatiga ko‘ra, eng qulay xarid kursi 12 700 so‘m, sotish kursi esa 12 730 so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» nima uchun mart-aprel oylarida dollar kursida keskin sakrashlar kuzatilganini yozgan edi. Tahlilchilar birinchi yarim yil oxiriga kelib Amerika valyutasi 13 ming so‘m bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.