Qozog‘istondagi O‘zbekiston kompaniyalari soni yil boshidan buyon 17,9 foizga oshib, 4,6 mingtaga yetdi. Bu O‘zbekistonga Xitoyni ortda qoldirib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Bu haqda DataHub Birinchi kredit byurosining Telegram kanali xabar berdi.
1-may holatiga koʻra, Qozogʻistonda Oʻzbekistonning 4,6 yuridik shaxsi roʻyxatga olingan, bu 2023-yil oxiriga nisbatan 706 taga koʻpdir. Yil davomida O‘zRning Qozog‘istondagi tashkilotlari soni 1,5 barobar oshdi.
Roʻyxatga olingan xorijiy korxonalar soni boʻyicha Rossiya yetakchiligicha qolmoqda (23,5 ming), Turkiya (5,5 ming) va Oʻzbekiston keyingi oʻrinlarda.
Qozog‘istondagi o‘zbek tashkilotlarining asosiy ulushini kichik biznes tashkil etadi va ularning uchdan bir qismi savdo bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston kompaniyalari ham O‘zbekiston bozorida faol ishlamoqda. 1-may holatiga ko‘ra, respublikada ularning soni 1,1 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, bir yil avval esa 1 mingdan sal kamroq edi.