«Apex Insurance» sug‘urta kompaniyasi 2024-yilning birinchi choragini yillik o‘sish sur’ati bilan 86,4 mlrd so‘m foyda bilan yakunladi, deyiladi kompaniya moliyaviy hisobotida.
Yil davomida kompaniya daromadi 11,1 mlrd so‘mdan 462,8 mlrd so‘mga oshgan. Foiz daromadlari 11,7 mlrd so‘mdan 14 mlrd so‘mga oshgan.
«Apex Insurance» 2018-yilda tashkil etilgan. Sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston rezidentlari va tadbirkorlariga yuzdan ortiq xizmatlar ko‘rsatadi. Kompaniyaning hududlarda 80 dan ortiq filiallari ochilgan.
20-may holatiga ko‘ra, kompaniyaning ustav kapitali 405 mlrd so‘mga baholanmoqda. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 152 mlrd so‘mni tashkil etdi. Aprel oyi oxirida S&P reyting agentligi sugʻurtalovchiga barqaror prognozli «B+» moliyaviy barqarorlik reytingini berdi.
2023-yil dekabr oyi oxirida «Apex Insurance» Turon xalqaro qayta sug‘urta pulining hammuassisi bo‘ldi. Kompaniya 1,5 mln sarmoya kiritish niyatida.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-mart oylarida «O‘zagrosug‘urta»ning zarari 3,9 mlrd so‘mga yetganini e’lon qilgan edi.