Eron prezidenti iste’foga chiqqan yoki vafot etgan taqdirda bu lavozimni mamlakat birinchi vitse-prezidenti egallashi kerak bo‘ladi, deb xabar berdi Tasnim. Hozirda ushbu lavozimda Muhammad Moxber faoliyat yuritmoqda.
Muhammad Moxber 1955 yilda Dizfulda tug‘ilgan. U Eronning elita harbiy kuchlari bo‘lgan IRGC (Islom inqilobi gvardiyasi korpusi) tibbiy bo‘limining faxriysi.
Moxber 2021-yil avgustidan buyon mamlakat birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq «Kursiv» Eronning prezidenti Ibrohim Raisi Eron g‘arbida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgani haqida yozgan edi.