Islom moliyasi boʻyicha qonun loyihasini 2024-yilda parlamentga kiritish rejalashtirilgan. Bu haqda Senatning 52-yalpi majlisida Markaziy bank raisi oʻrinbosari Behzod Hamrayev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu Oʻzbekiston uchun yangi soha va koʻplab qonunchiliklarga oʻzgartirishlar kiritishni talab qiladi.
«Markaziy bank toʻgʻrisidagi qonundan tortib, banklar faoliyati toʻgʻrisidagi qonunlargacha oʻzgartirish talab qilinadi. 2024-yilda birgalikda ishlab parlamentga kiritamiz», deydi Hamrayev.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan mikromoliya tashkilotlari uchun islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangani ham ma’lum qilindi.
Banklar masalasida esa amaldagi qonunchilik doirasida 12 ta bankda xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha islom korporatsiyasida kredit bo‘yicha murobaha xizmatlari koʻrsatib kelmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda islomiy moliyaga talab yuqoriligi haqida xabar bergan edi.