Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi
Doniyor Madirimov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
U tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Madirimov Doniyor 1979-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. 1999-yili Oʻzbekiston Milliy universiteti, 2019-yili Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Shuningdek, bunga qadar Ohangaron tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkin Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Avvalroq «Kursiv» Buxoro shahriga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edi.