20-may, dushanba kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel yuzaga kelishi xavfi mavjud, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Oʻzbekistonda bugun oʻrtacha kunlik havo harorati +22…+27°, togʻli hududlarda — +10…+15° bo‘ladi. Respublikada shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin («Bofort» shkalasi bo‘yicha «juda kuchli»).
Toshkentda sinoptiklar +22…+24° bo‘lishini taxmin qilmoqda. «O‘zgidromet»ning soat 9:16 dagi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt havosidagi PM2,5 zararli moddalari miqdori me’yordan 5,1 barobar oshgan.
Avvalroq «Kursiv» iqlimning O‘zbekistondagi ayollar biznesiga ta’siri haqida yozgan edi.