Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
U qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini izhor etdi
Shavkat Mirziyoyev Eron oliy diniy rahnamosi oyatulloh Ali Xomaneiyga prezident Ibrohim Raisi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Maktubda, jumladan, Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi ta’kidlanadi» deyiladi xabarda.
Davlatimiz rahbari do‘st Eron xalqiga, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini izhor etdi.
Avvalroq «Kursiv» Eron prezidentining o‘limi sabablari tafsilotlarini yozgan edi.