UzAuto Motors ayrim avtomobillarni yana sotuvga qo‘yishi mumkin

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu haqda kompaniya 20-may kuni ma’lum qildi
Foto: Vadim Yerzikov / «Kursiv»

UzAuto Motors mijozlar o‘z vaqtida to‘lamagan avtomobillarini yana sotuvga qo‘yishi mumkin. Bu haqda kompaniya 20-may kuni ma’lum qildi.

Kompaniya avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerakligini eslatdi. Aks holda shartnoma bekor qilinadi va avtomobillar yana sotuvga chiqariladi. Shu munosabat bilan UzAuto Motors xaridorlardan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni so‘raydi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto Motors Tracker avtomobillarini chegirma bilan sotib olishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek