Oʻzbekistonliklar Uzum tezkorʼdan eng koʻp qaysi taomga buyurtma bergan

eʼlon qilindi
Shuningdek, buyurtmalarning asosiy qismi shanba kuniga toʻgʻri kelishi taʼkidlandi
Foto: Uzum Tezkor

Oʻzbekiston aholisi Uzum tezkor orqali eng koʻp lavashga buyurtma bergan. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolaridan buyurtmalarning asosiy qismi shanba kuniga toʻgʻri kelishi ta‘kidlandi.

Faoliyatining birinchi yilida yetkazib berish xizmati 1,2 mingdan ortiq hamkorlarga ega boʻlgan. Uzumʼdan taomlar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish Oʻzbekistonning yettita shahrida yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan davr mobaynida Uzum tezkor Toshkent shahrida eng ommabop va tan olingan xizmatlardan biriga aylandi.

Foto: Uzum Tezkor

«Yil brendi» ommaviy ovoz berish natijalariga koʻra «Yetkazib berish xizmati» va «Boshqa brendlar» yoʻnalishlarida Uzum Tezkor gʻolib deb topildi.

Oʻzbekiston fuqarolari ushbu xizmatning yetkazib berish tezligi, kuryerlarning xushmuomalaligi, taomlar va tovarlarning keng assortimenti kabi afzalliklarini qayd etdi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning aprel oyi oʻrtalarida Uzum tezkor Oʻzbekistonning uchta shahrida xizmatlarini yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek