Oʻzbekiston oltin eksportini oshirishda davom etmoqda

eʼlon qilindi
O‘zbekiston joriy yilning dastlabki to‘rt oyida 3,4 mlrdlik oltin eksport qildi
Foto: bashta / Depositphotos

2024-yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston $3,4 milliardlik oltin eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning toʻrt oyida O‘zbekiston xorijga $3 milliardlik qimmatbaho metallar yetkazib bergan.

Joriy yilning mart oyida Oʻzbekiston Markaziy banki eng koʻp oltin sotuvchi maqomini saqlab qoldi. Ushbu oy davomida regulyator tomonidan 11 tonna qimmatbaho metall sotilgan. Fevral oyida bu koʻrsatkich 12 tonnani tashkil qilgan edi.

21-may Toshkent vaqti bilan soat 11:28 holatiga koʻra, bir troy unsiyasi uchun $2419,50 taklif qilindi. Oʻtgan yili tahlilchilar qimmatbaho metallning narxi $2,5 minggacha koʻtarilishini kutgan edi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning 20-mayida ogʻirligi besh gramm boʻlgan oltin quymasining narxi rekord darajadagi 5,1 million soʻmga yetgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek