Pensiya miqdorini hisoblashda ustama va mukofot pullari ham inobatga olinadimi
Fuqarolarning mehnat faoliyatlari davomida olgan ish haqlariga qoʻshimcha ravishda toʻlangan ustama va mukofot pullari pensiya hisoblashda inobatga olinadi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022-yilda hukumatning «Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi nizomining 82-bandida pensiya hisoblashda ish haqi tarkibiga hamda ish haqining natural qismiga 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun qonunchilikka muvofiq sugʻurta badallari kiritiladi.
Shuningdek, 2019-yildan keyingi davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasida mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar kiritilishi koʻzda tutilgan.
Avvalroq «Kursiv» uydan chiqmagan holda qanday qilib pensiya miqdorini bilish mumkinligi haqida xabar bergan edi.