Oʻzbekiston $1,5 mlrdlik uchta valyutadagi obligatsiyalarni jahon moliya bozoriga joylashtirdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Shutterstock

Joriy yilning 21-may kuni Oʻzbekiston Respublikasining umumiy qiymati qariyb $1,5 mlrdga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari ilk bor 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchta valyutada, jumladan, AQSh dollarida 7 yillik, yevroda «Barqaror rivojlanish maqsadlari»ni (BRM) moliyalashtirish uchun 3 yillik hamda Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha buyurtmalar qabul qilinishi e’lon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasining suveren xalqaro obligatsiyalarini sotib olish uchun jami $5,5 mlrd miqdoridagi buyurtmalar kelib tushdi, jumladan:

AQSh dollaridagi (7 yillik) obligatsiyalarga — $3 mlrd;

yevrodagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 2 mlrd yevro;

soʻmdagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 4 trln soʻm.

Qabul qilib olingan buyurtmalar natijasida quyidagilarga erishildi:

$600 mln miqdoridagi 7 yillik obligatsiyalar boʻyicha kupon stavkasi 6,9 foiz;

600 mln yevro miqdoridagi 3 yillik obligatsiyalar boʻyicha 5,375 foiz;

3 trln soʻm miqdoridagi 3 yillik obligatsiyalar boʻyicha 16,625 foiz.

Ma’lumot uchun, ichki moliya bozorlarida chiqarilgan 3 yillik davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foiz stavkasi 17,9 foizni tashkil etmoqda.

Mazkur xalqaro obligatsiyalardan tushgan mablagʻlar Davlat byudjeti taqchilligini qoplash va barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

Avvalroq «Kursiv» mutaxassislar Oʻzbekistonda dollar obligatsiyalarini chiqarishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek