O‘zbekistonlik sportchi Anvar Anvarov yengil atletika bo‘yicha Tsatoumas street long jump xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Musobaqa 21-may kuni Gretsiyaning Kalamata shahrida bo‘lib o‘tdi. Uzunlikka sakrashda Anvarov 8,17 metrga sakrashga muvaffaq bo‘ldi.
Turnirning «kumushi» kolumbiyalik Amovis Dalmeroga nasib etdi, fransiyalik sportchi Jyul Pommer esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil iyun oyida Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston rekordini 8,22 metrga o‘rnatgani haqida yozgan edi.