«CRPT TURON» MChJ («Asl Belgisi» milliy raqamli markalash tizimining operatori) tahlilchilari joriy yilning dastlabki uch oyi davomida O‘zbekistonda markirovkalangan tamaki mahsulotlari savdosi bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilib, mamlakat aholisi qayerda eng ko‘p chekishini aniqladi.
Hisobotga ko‘ra, kattalar orasida iste’mol qilish bo‘yicha Toshkent viloyati birinchi o‘rinni egallab, o‘rtacha bir oyda 32,1 ming sigareta qutisi chekilgan. Kuchli beshlikka Buxoro viloyati (27,1 ming), Toshkent (25,9 ming), Samarqand viloyati ( 5,9 ming) va Navoiy viloyati (953) ham kirdi.
2024-yilning dastlabki uch oyida filtrli sigaretlarning umumiy savdosi 77,1 mln qutini tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 barobar ko‘pdir. O‘zR Soliq qo‘mitasi vakilining ta’kidlashicha, savdoning bunday o‘sishi chekuvchilar sonining ko‘payishi emas, asosan bozorning oqlanishi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini majburiy markirovkalashning joriy etilishi bozorda ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Masalan, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va import qilish 8,1 foizga, qo‘shimcha soliq tushumlari esa 4,6 foizga oshgan. Aholi orasida eng mashhur sigaretlar Pall Mall Vegas Nights, keyingi o‘rinda esa meva ta’mli sigaretalar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan sigaretlarni majburiy markirovkalash joriy etilgan bo‘lsa, 2022-yil 1-oktabrdan boshlab barcha turdagi tamaki mahsulotlariga markirovkalash joriy etildi. Buning joriy etilishi bozorda qalbakilashtirishga qarshi kurash bilan bog‘liq edi, chunki mamlakatda sotilayotgan sigaretlarning qariyb 15,7 foizi noqonuniy ishlab chiqarilgan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda markirovkasiz dori vositalari 2025-yilning kuzigacha sotilishi mumkinligi haqida e’lon qilgan edi.