Pensiya miqdorini oshirish boʻyicha qancha odam murojaat qilgan

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar bermoqda
Foto: Piqsels

Pensiya jamgʻarmasiga joriy yilning toʻrt oyi davomida jami 5 mingta murojaatlar kelib tushgan. Shundan taxminan 1,9 mingtasi, ya’ni 37,1 foizi pensiya miqdorini koʻrib chiqish va uni oshirib berish masalasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda jamgʻarma axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kelib tushgan murojaatlarning 1,1 mingtasi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga, 782 tasi jamgʻarmaning hududiy boshqarmalariga, 3,15 mingtasi (tuman (shahar) boʻlimlariga kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlar mazmuni jihatdan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tavsiflanadi:

Kam ta’minlangan oilalarga 18 yoshgacha bolalar nafaqasi tayinlash masalasida – 24 ta (0,5 %);

Pensiya miqdorini koʻrib chiqish va uni oshirib berish masalasida – 1,9 mingta (37,1%);

Pensiya tayinlash masalasida – 1,1 mingta (21,3 %);

Pensiya va nafaqalarni toʻlovi masalasida – 579 ta (11,5%);

Pensiya tayinlashda ish stajini hisobga olish masalasida – 491 ta (9,7%);

Pensiya toʻlovi toʻxtatilishi va ortiqcha toʻlovlar masalasida – 192 ta (3,8%);

Bir martalik moddiy yordam toʻlovi masalasida – 4 ta (0,1%);

Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash masalasida – 3 ta (0,1%);

Fuqarolardan kelib tushgan takliflar va boshqa masalalarda – 807 ta (16,0%) ta.

Hududlar boʻyicha tahlil qilinganda, eng koʻp murojaatlar Toshkent shahri 728 ta (14,4%), Qashqadaryo viloyati 625 ta (12,4%) va Toshkent viloyati 606 ta (12,0%) ni tashkil qilgan.

Avvalroq « Kursiv» pensiya miqdorini hisoblashda ustama va mukofot pullari ham inobatga olinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek