Qirgʻiziston – Oʻzbekiston avtomobil yigʻish zavodi 28-maydan ish boshlaydi
eʼlon qilindi
Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri ma’lum qildi
Qirgʻiziston – Oʻzbekiston avtomobil yigʻish zavodi joriy yilning 28-mayidan sinov rejimida ishlashga tayyor boʻladi. Bu haqda Qirgʻiz Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev ma’lum qildi.
Korxona Chuy viloyatining Soʻquluq tumanida joylashgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillari ishlab chiqariladi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu zavodni qurish boʻyicha hujjat 2023-yilda qabul qilingan. Dastlab korxona 2024-yil boshida ishga tushishi rejalashtirilgan edi, lekin ishga tushirish sanasi kechiktirilgandi.
Avvalroq «Kursiv» Chevrolet Qozogʻiston bozorida oʻz oʻrnini yoʻqotayotgani haqida xabar bergan edi.