Toshkentda 25-may kuni soat 19:00 da Xalqlar do‘stligi maydonida so‘nggi qo‘ng‘iroq sharafiga gala-konsert bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.
Madaniy tadbir tashkilotchilari: poytaxt hokimligi, O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi.
Konsertda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, Shohruhxon, «Bolalar», «Sahar» va boshqalar ishtirok etadi.
Konsert dasturidan raqs chiqishlari, dron shoulari va boshqa tadbirlar ham o‘rin olgan.
Eslatib oʻtamiz, may oyi oʻrtalarida OʻzR Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi imtihonlar vaqtida va oxirgi qoʻngʻiroq kuni kafe va restoranlarda tadbirlar oʻtkazish taqiqlanganini e’lon qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston talabalar va maktab o‘quvchilarini Yaponiyaning Gifu prefekturasidagi ta’lim muassasalariga kurslarga yuborishi haqida e’lon qilgan edi.