Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarini yo‘lga qo‘ydi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bunday parvozlar Airbus A330-300 samolyotlarida ikki haftada bir marta amalga oshiriladi
Foto: Uzbekistan Airports

23-may kuni ertalab Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu kompaniyaning Madrid – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi charter reysidir.

«An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi, ekipaj a’zolari va birinchi yo‘lovchilar, jumladan, Toshkentga yetib kelgan Ispaniyaning yirik sayyohlik agentliklari, jurnalist va blogerlar poytaxt aeroportining kelish zalida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Birinchi reysni tantanali kutib olish marosimida “Uzbekistan Airports» kompaniyasi, Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi”, deyiladi «Uzbekistan Airports» xabarida.

Bunday parvozlar Airbus A330-300 samolyotlarida ikki haftada bir marta amalga oshiriladi. Shuningdek, aviakompaniya Madrid – Urganch – Madrid yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Pobeda» aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek