Yangiliklar

Jamoat transportlarida virtual kartalar orqali toʻlov qilish evaziga 80,8 mln soʻm tejab qolindi

Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar bermoqda
Foto: Transport vazirligi

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida jamoat transportida virtual kartalarda toʻlov qilish orqali 80,8 mln soʻm tejab qolindi. Bulardan 67,4 mln soʻmi avtobusda, qolgan 13,4 mln soʻmi metroga toʻgʻri keladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, shu davr mobaynida jamoat transportlarida yoʻl haqini ATTO virtual kartalari orqali toʻlash oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5 baravarga oshgan.

Hozirgi kunda jami 145,8 mingta virtual kartalar mobil ilova orqali yaratilgan boʻlib, ulardan foydalangan holda 1,05 million tranzaksiyalar amalga oshirildi.

Yanvar-aprel oylarida 41,1 mingta yangi virtual kartalar ochilib, 2023-yilning mos davri uchun ushbu koʻrsatgich 23,5 mingtani tashkil etgan edi.

Avvalroq «Kursiv» endilikda ATTO kartalari Uzpost filiallarida sotilishi haqida xabar bergan edi.