Oʻzbekiston Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish hajmini oshirdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yil boshidan buyon 26 foizga oshirdi
                    
                            
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvaridan 19-mayiga qadar Rossiyaga qariyb 156 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berdi. Bu haqda «Interfaks» nashri «Rosselxoznadzor» ma‘lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 26 foizga koʻpaygan. Karam toʻrt baravarga, xurmo baravardan ziyodga, gulkaram ikki baravarga, sabzi yetkazib berish esa uch baravardan ziyodga ortdi.
Rossiyaning umumiy importida Oʻzbekiston meva-sabzavotlarining ulushi 10 foizni tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda meva-sabzavot eksportchilari Vazirlar Mahkamasi tomonidan sabzavot-mevalarning tavsiya etilgan narxlarini minimal narxlarga tushirishi sabab eksportda muammolarga duch kelayotgani haqida xabar bergan edi.
