Oʻzbekistonda yana bir sugʻurta kompaniyasi litsenziyasidan mahrum boʻldi
eʼlon qilindi
Qaror ILMA tomonidan qabul qilindi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) «New Life Sugʻurta» sugʻurta kompaniyasining litsenziyasini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Kompaniya 2014-yil may oyi oʻrtalarida tashkil etilgan boʻlib, ustav kapitali 35,9 milliard soʻmga baholangan. Uning ta’sischilari Farrux Axmedjonov boʻlib, u 38,07 foiz ulushga egalik qiladi. Qolgan 61,93 foiz «Gross Sugʻurta» kompaniyasiga tegishli.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 23-mayidan boshlab ILMA Oʻzbekistondagi beshta sugʻurta kompaniyasining litsenziyasini bekor qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Kafolat sugʻurta kompaniyasi oʻzining ustav kapitalini 135 milliardga oshirishini haqida xabar bergan edi.