Yangiliklar

O‘zbekiston aholisining deyarli 23 foizi markaziy suv ta’minoti tizimiga ulanmagan

“O‘zsuvta’minot” ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels

O‘tgan yetti yilda markazlashtirilgan suv ta’minoti tizimiga ulangan aholini qamrab olish darajasi 77,2 foizga o‘sdi, – deya ta’kidladi «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi Akmal Murodov.

Uning qoʻshimcha qilishicha, ushbu davrda Oʻzbekistonning 8 millionga yaqin aholisi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlangan.

Yetti yil davomida respublikada suv ta’minoti tizimini yaxshilashga qariyb 20 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Bu 2,9 mingta suv ta’minoti inshooti va 43 ming kilometrga yaqin suv tarmog‘ini qurish imkonini berdi.

Avvalroq «Kursiv» Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yuqori bo‘lishi haqida yozgan edi.