O‘zbekiston delegatsiyasi Eron prezidenti Raisi bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi
eʼlon qilindi
Davlat rahbari aviahalokatda vafot etdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov yaqinda vertolyotda halok boʻlgan Eron prezidenti Ibrohim Raisi va boshqa yuqori lavozimli siyosatchilar bilan vidolashuv marosimida ishtirok etishdi.
Saidov Tehronga tashrifi haqida oʻzining Telegram-kanalida yozgan.
«Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari nomidan Eron xalqi bilan birdamligimizni va chuqur hamdardligimizni izhor qildik», dedi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri.
Eslatib oʻtamiz, Raisi, shuningdek, Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohian yakshanba kuni vertolyot halokatida halok boʻlishdi. Siyosatchilar Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan qaytayotgan edi.