Yangiliklar

Putin 26-27-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi rahbarining yordamchisi ma’lum qildi
Rasm: O‘zR prezidenti matbuot xizmati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27-may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi rahbarining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Ushakovning qayd etishicha, Putin 23-24-may kunlari Belarusga tashrif buyuradi.

Rossiya Federatsiyasi rahbari 21-may, seshanba kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lajak tashrifni muhokama qildi. Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev joriy yilning fevral oyi oxirida Putinni mamlakatimizga tashrif buyurishga taklif qilgan edi.

Putin O‘zbekistonga oxirgi marta 2022-yil sentabr o‘rtalarida Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida ishtirok etish uchun kelgan edi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Rossiyaning umumiy qiymati $5 milliardlik sarmoyasini o‘zlashtirish niyatida ekanini yozgan edi.