Yangiliklar

Rossiyalik konkida uchuvchisi Danila Semerikov O‘zbekiston jamoasi safiga qo‘shiladi

Bu haqda Match-TV xabar berdi
Foto: CSKA.ru

Konkida uchish bo‘yicha jahon chempionatining ko‘p karra medal sovrindori rossiyalik Danila Semerikov O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shiladi, deb xabar berdi «Match-TV».

Sportchi o‘tgan yili O‘zbekiston nomidan ishtirok etish taklifini olganini aytdi.

“Sportdagi yagona maqsadim – musobaqalarni davom ettirish va xalqaro musobaqalarga qaytish. Bu aniq maqsad va men taklifga rozi bo‘lib, ushbu mamlakat terma jamoasida o‘ynashga qaror qildim», dedi Semernikov.

Avvalroq «Kursiv» rossiyalik sportchilar Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev O‘zbekiston nomidan kurash olib borishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.