Toshkentdagi avtomobil ko‘priklaridan biri transport harakati uchun yopildi

eʼlon qilindi
Ta'mirlash ishlari tufayli
Pixabay

Toshkentda Abdulla Qodiriy koʻchasidagi (Shayxontohur tumani) koʻprik avtomobillar harakati uchun yopildi, deb xabar qildi shahar hokimligi matbuot xizmati.

25-maygacha ko‘prikdan avtomobillar o‘tishi taqiqlangan. Sababi — rejalashtirilgan ta‘mirlash ishlari.

Poytaxt hokimligi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi va fuqarolarni vaqtinchalik boshqa yo‘ldan foydalanishga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentning Qorasaroy ko‘chasini ta’mirlash 26 maygacha uzaytirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek