Toshkentda Abdulla Qodiriy koʻchasidagi (Shayxontohur tumani) koʻprik avtomobillar harakati uchun yopildi, deb xabar qildi shahar hokimligi matbuot xizmati.
25-maygacha ko‘prikdan avtomobillar o‘tishi taqiqlangan. Sababi — rejalashtirilgan ta‘mirlash ishlari.
Poytaxt hokimligi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi va fuqarolarni vaqtinchalik boshqa yo‘ldan foydalanishga chaqirdi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentning Qorasaroy ko‘chasini ta’mirlash 26 maygacha uzaytirilgani haqida yozgan edi.