Yangiliklar

Toshkentning qaysi tumanlariga tez tibbiy yordam ko‘p chaqiriladi

Bu haqda Open Data Tashkent maʼlumotlarida koʻrsatilib oʻtilgan
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

2024-yilning yanvar-aprel oylarida tez yordam chaqirishlar soni boʻyicha Yashnobod, Olmazor va Yunusobod tumanlari yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Open Data Tashkent ma‘lumotlarida koʻrsatilib oʻtilgan.

Qayd etilishicha, shu vaqt ichida Yashnobod tumanida 53,8 mingta, Olmazor tumanida 53,5 mingta, Yunusobod tumanida 50 ming murojaat kelib tushgan.

Tibbiy tez yordam eng kam Yakkasaroy tumanida chaqirilgan — atigi 15,1 ming holat.

Mingta aholiga hisoblanganda Bektemir tumani hammadan oldinda – 304 ta chaqiriq, undan keyingi oʻrinda Sergeli tumanida – 224 ta murojaat kelib tushgan.