Yangiliklar

Tamaki ishlab chiqaruvchi UzBAT O‘zbekistonda qancha daromad oldi

2023-yilda
Rasm: depositphotos.com

UzBATning sof foydasi 2023-yil oxirida yillik 2,1 foiz o‘sish bilan 1 trillion so‘mga yetdi, deyiladi kompaniya moliyaviy hisobotida.

Yil davomida UzBAT daromadi 6,3 foizga oshib, 2,9 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yili operatsion foyda 1,16 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 1,13 trln so‘mni tashkil qildi.

2024-yil fevral oyida kompaniya aksiyadorlari dividendlar to‘lash uchun 359,4 mlrd so‘m ajratishga qaror qilgan edi.

Soliq qoʻmitasining statistik ma’lumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-aprel oylarida UzBAT tomonidan 840 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Kompaniya eng yirik xususiy soliq toʻlovchilar orasida birinchi oʻrinni egalladi.

Avvalroq «Kursiv» «Apex Insurance» sug‘urta kompaniyasi 2024-yilning birinchi choragini 86,4 mlrd so‘m foyda bilan yakunlagani haqida yozgan edi.