Yandex Go Termiz shahrida ish boshladi

eʼlon qilindi
Safar narxi to‘rt ming so‘mdan boshlanadi
Rasm: Yandex Go

Yandex Go kompaniyasi Termiz shahrida taksi xizmatini ishga tushirdi. Tegishli press-reliz «Kursiv»da bor.

Yo‘l narxi to‘rt ming so‘mdan boshlanadi. Yandex Go mobil ilovasi yordamida taksiga buyurtma berishingiz mumkin.

«Yandex Go Termizda ishga tushirilishi mintaqa rivojlanishiga muhim hissa
qo‘shadi, chunki bu yerda avval bu kabi onlayn-xizmatlar mavjud emas edi», deydi Yandex Taxi’ning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori Kirill Svinsov.

Yandex Go taksilari Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Nukus va Qarshi shaharlarida ham ishlaydi. Yil oxirigacha ushbu xizmat bir qator aholi punktlarida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda Yandex Go korporativ taksi xizmati ishga tushirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek