Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish noma’lum muddatgacha davom etadi
eʼlon qilindi
Bu haqda kompaniya axborot xizmati “Kursiv”ga maʼlum qildi
«UzAuto Motors» Lacetti avtomobilini ishlab chiqarishni noma‘lum muddatgacha davom ettiradi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati «Kursiv»ga ma‘lum qildi.
Kompaniya vakilining ta‘kidlashicha, bu birdaniga toʻxtaydigan jarayon emas.
Avvalroq «UzAuto Motors» 2024-yildan bu rusumidagi avtomobil ishlab chiqarishni butunlay toʻxtatishini ma‘lum qilgan edi.
Ma‘lumot uchun, joriy yilning yanvar-aprel oylarida qariyb 11 mingta Lacetti avtomashinasi ishlab chiqarildi.
Eslatib oʻtamiz, 21-may kuni Chevrolet Lacetti avtomobili uchun 3,6 mingta shartnoma tuzilgani haqida xabar berilgan edi.