Moskva viloyatida yotoqxonadagi yong‘in O‘zbekiston fuqarolarining o‘limiga sabab bo‘ldi

eʼlon qilindi
Xostelda jami 20 nafar xorijlik yashagan
Foto: «Dunyo» axborot agentligi

23-mayga o‘tar kechasi Rossiyaning Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in 8 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Xostelda jami 20 nafar xorijlik yashagan, ulardan 11 nafari O‘zbekiston fuqarolari edi.

Qurbonlarning shaxsi Rossiya tibbiy ekspertizasi tomonidan aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi («Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq «Kursiv» Rossiyaning Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida yozgan edi.

Shuningdek