Yangiliklar

ShHT Mirziyoyevning «Yashil belbog’» dasturini amalga oshirish tashabbusini yuqori baholadi

Tashkilot tomonidan mazkur loyiha bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi
Foto: Oʻzbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan «Yashil belbog’» dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi, deb xabar qildi respublika Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.

Bunday qaror ShHTga a‘zo davlatlar tegishli vazirliklari rahbarlarining beshinchi yigʻilishida qabul qilindi. Shuningdek, tadbirda ekologik muammolarni hal qilish boʻyicha yondashuvlar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ShHT hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish rejasi tasdiqlandi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston o‘zining ekologik siyosatini qanday qurayotgani haqida yozgan edi.