23-may kuni Uzcard toʻlov tizimi aksiyalarning dastlabki emissiyasini roʻyxatdan oʻtkazdi. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilindi.
Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (ILMA) boʻlib oʻtdi.
Bungacha kompaniya MChJdan AJga aylantirilgan edi. Uzcardʼning qayd etishicha, transformatsiya joriy yilning iyul oyi boshidan boshlab toʻlov operatorlari aksiyadorlik jamiyatlari shaklida faoliyat yuritishi kerak boʻlgan farmon bilan bogʻliq.
Aksiyadorlik jamiyatiga oʻtish karta egalariga kompaniya, uning xodimlari va rahbariyatining moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida ma’lumot olish imkonini beradi. Shu bilan birga, transformatsiya Uzcard ishiga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi.
Avvalroq «Kursiv» oʻtgan yili kartadan kartaga pul oʻtkazmalari hajmi 224 trillion soʻmdan oshgani haqida xabar bergan edi.