Xalqaro jinoiy sud 24-may kuni Isroil hukumatiga Rafahda oʻtkazilayotgan harbiy operatsiyani zudlik bilan toʻxtatishni buyurdi.
«BMT xalqaro sudining Isroil Rafah hududidagi amaliyotini toʻxtatishi haqidagi qarori majburiy hisoblanadi. Sud nizomi va maqomiga koʻra, tomonlar uning qarorini bajarishga majbur», deydi Antoniu Guterrish.
Sud Rafahdagi urushni toʻxtatish hamda Misr va Gʻazo sektori oʻrtasida gumanitar yordam punktlarini ochishga chaqirdi. Shuningdek, Isroildan BMT ruxsat bergan har qanday tashkilotga genotsidni tekshirish uchun ruxsat berish talab qilingan.
Milliy xavfsizlik kengashi rahbari va Isroil TIV matbuot kotibi qoʻshma bayonot berib, Isroilni genotsidda ayblash notoʻgʻri va «jirkanch» ekanligini ta’kidladi.
Ular Isroil mintaqada Falastin aholisi hayotiga tahdid solishi mumkin boʻlgan harbiy harakatlarni amalga oshirmagan va amalga oshirish niyatida emasligini ta’kidladi.
Avvalroq Xalqaro jinoiy sud sudyasi Karim Ahmad Xon Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant, HAMAS yetakchilari Yahyo Sinavar va Ismoil Haniyani hibsga olish uchun order berishni talab qilayotgani haqida xabar qilingan edi.