Kia’ning Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori boʻlgan ADM Global kompaniyalar guruhi Oʻzbekiston bozoriga olti oʻrindiqli yangi Kia Carens uchun oldindan buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
«Zamonaviy, qulay, keng va ishonchli krossven endi Oʻzbekistonda mavjud», deyiladi xabarda.
Kia Carens avtomobilining narxi 299,9 mln soʻmni tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» Kia Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni 40 foizga oshirgani haqida xabar bergan edi.