Magistratura va doktoranturaga ayrim yoʻnalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:
Xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha – kamida C1 darajasida;
Gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari boʻyicha – kamida B2 darajasida;
Boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) boʻyicha – kamida B1 darajasida.
Avvalroq «Kursiv» OTMlarda imtihonlar «avval test, soʻng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilangani haqida xabar bergan edi.