Vafot etgan fuqaroning jamgʻarilgan pensiya mablag‘lari toʻlab beriladimi
eʼlon qilindi
Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar bermoqda
Vafot etgan fuqaroning jamgʻarilgan pensiya mablagʻlari meros sifatida toʻlab beriladi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar toʻlab beriladi. Bunda jamgʻarilgan pensiya meros sifatida oʻtadi va merosxoʻrga bir yoʻla toʻliq hajmda toʻlab beriladi.
Eslatib oʻtamiz, pensiya miqdorini hisoblashda ustama va mukofot pullari ham inobatga olinadi.
Avvalroq «Kursiv» pensiya tayinlashda bir qancha jarayonlar soddalashtirilgani haqida xabar bergan edi.