Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi, deb xabar qildi OʻzR rahbari matbuot xizmati.
Uni poytaxt aeroportida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Ikki davlat rahbarlari ishtirokidagi asosiy tadbirlar ertaga, 27-may kuni bo‘lib o‘tadi. Putin va Mirziyoyev ikki mamlakat mintaqalar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashrif doirasida bir qancha qo‘shma hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Buxoro viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish niyatida ekani haqida yozgan edi.