Metan gazining narxi birinchi iyundan oshiriladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Vazirlar mahkamasi qarori tasdiqlandi
Foto: Piqsels

«Zapravka»larda tabiiy gazni sotishda eng baland chakana narxi joriy yilning 1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 soʻm qilib belgilanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 soʻm qilib belgilanmoqda.

Bunda 1-iyundan e‘tiboran yakuniga yetishi kerak boʻlgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim oʻzgartishlar bilan amal qiladi.

Ma‘lumot uchun, avvalgi narxlar 2024-yil 1-aprelgacha 3250 soʻm, 2024-yil 1-iyungacha esa 3350 soʻm etib belgilangan edi.

Avvalroq Energetika vazirligi 1-maydan metan narxi oshmasligini ma‘lum qilgan edi.

Shuningdek