Dollar so‘mga nisbatan qadrsizlanmoqda
eʼlon qilindi

27-may kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 24,69 so‘mga pasaydi va 12 679,99 so‘mni tashkil qildi.
Davlatning tijorat banklari dollarni 12 640 – 12 700 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 710 – 12 765 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24-may kuni O‘zbekistonda AQSh valyutasining o‘rtacha narxi 8,20 so‘mga pasaygan edi.